Ispaniya ichki ishlar vaziri Vinisiusning irqchilik haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Ispaniya ichki ishlar vaziri Vinisiusning mamlakatdagi irqchilik haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.

Oldinroq «Real Madrid» vingeri JCH-2030 Ispaniyada o‘tkazilmasligini, chunki futbolchilar mamlakatda irqchilik namoyon bo‘lishidan aziyat chekishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, braziliyalik ta’kidlaganidek: «Ispaniyada ko‘pchilik odamlar irqchi emas. Oxir oqibatda yashash juda yoqimli bo‘lgan mamlakat imidjiga ta’sir qiladigan kichik guruh bor» – dedi.

«Vinisiusning aytganlari meni Ispaniya fuqarosi sifatida biroz xafa qildi. Lekin u buni aytishi to‘g‘ri, chunki u bu ozchilik ekanligini ta’kidlagan.

Bu bizni xarakterlashini yoqtirmayman. Menga ispan jamiyatini ommaviy sport tadbirlarida qatnashadigan ozchilik vahshiylar tomonidan baholanishi yoqmaydi.

Lekin ha, keling, irqchi bo‘lmagan 99 foizimiz buni anglab yetsin va 1 foizga yo‘l qo‘ymasin. U bu borada to‘g‘ri. Qolgan 99 foiz jim turmasin va shu 1 foiz qolganlarimizni qanday hukm qilishni belgilasin. Bu meni tashvishga solayotgan narsa. Barchamiz buni qoralashda faolroq bo‘lishimiz kerak» – dedi Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter