«Barselona» «Bayer» futbolchisining transferidan voz kechdi
«Barselona» rahbariyati Leverkuzenning «Bayer» klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, bunday qarorga asosiy sabab Kataloniya klubi duch kelgan moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan. «Barselona» 29 yoshli germaniyalik futbolchining agentiga hozircha shartnoma imzolashning iloji yo‘qligi haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ta joriy mavsumda 43 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/