«PSJ» Sanchoning transferidan voz kechdi

Fransiyaning «PSJ» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Jeydon Sanchoni transfer qilish fikridan voz kechdi.

Jurnalist Grem Beyli bergan ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar Luis Enrike jamoasiga qo‘shilish uchun «Bavariya»ni rad etgan «Renn» futbolchisi Dezire Duening transferi bilan cheklanishadi.

Avvalroq «MYU» Sanchoni 50 million yevro miqdoridagi tovon puli evaziga qo‘yib yuborishi haqida xabar berilgandi. Futbolchiga shuningdek, sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berish variantini ko‘rib chiqayotgan Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqmoqda.

Bu yozda Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytdi va bosh murabbiy Erik ten Xag bilan mojaroga qaramay, jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter