Mourinyo «Yuventus» futbolchisini sotib olishni so‘radi

«Fenerbaxche» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Filip Kostichning harakatlaridan mamnun. Portugaliyalik mutaxassis klubdan 32 yoshli serbiyalikni «Yuventus»dan sotib olishni so‘ragan. Bu haqda Italiya va Turkiyadagi manbalarga tayanib, TodoFichajes xabar berdi.

Sentyabr oyi o‘rtalaridan beri Kostich «Fenerbaxche»da ijara asosida o‘ynamoqda. Turkiya jamoasi safida chap qanot hujumida ham himoyasida ham o‘ynashga qodir futbolchi 29 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va sheriklariga yettita golli uzatmani amalga oshirgan.

«Fenerbaxche» Filipp Kostichni yaqin yozda «Yuventus»dan taxminan 4-5 million yevroga sotib olishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter