Mourinyo Premyer-liga futbolchisini maqsad qilgan

Mourinyo Premyer-liga futbolchisini maqsad qilgan

Baho: + | –

YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar Rukn: Yangiliklar A A A

«Fenerbaxche»ga yangi tayinlangan bosh murabbiy Joze Mourinyo yozgi mavsumda jamoani kuchaytirishga umid qilmoqda. Sabah nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Londonda birga ishlashga muvaffaq bo‘lgan «Tottenxem» yarim himoyachisi Pyer-Emil Xyoybyergga ko‘z tikkan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli Xyoybyergda Mourinyo yarim himoyani kuchaytiradigan futbolchini ko‘rmoqda. Murabbiy maydon markazida Xyoybyerg va Fred o‘rtasida duet yaratmoqchi. Braziliyalik futbolchi o‘tgan yozdan beri «Fenerbaxche»da o‘ynab kelayotgani barchaga ma’lum.

Avvalroq, matbuotda «Tottenxem» Xyoybyergni sotish istagi borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Transfermarkt portali daniyalikni 18 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter