Rays kecha sardorlik bog‘ichini rad etdi. Nega?
Yarim himoyachi Deklan Rays Millatlar ligasi doirasida Irlandiyaga qarshi o‘yinda Xarri Keyn o‘rniga maydonga tushganidan keyin Angliya terma jamoasi sardori bo‘lishdan bosh tortdi. Rays bu borada fikr bildirdi.
«Keyn menga bog‘ichni taqishga harakat qildi, ammo Stouns yoshi kattaroq va tajribaliroq. Men Xarriga shunchaki aytdim: «Ehtimol, Jon mendan ko‘ra ko‘proq bog‘ichga loyiqdir.» Men uni Jonga berishini aytdim. Bo‘ldi shu. Undan ko‘proq narsa qilishning hojati yo‘q. Jon eng tajribali futbolchilardan biri. U odatda Xarri o‘ynamaganda sardor bo‘ladi, shuning uchun bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi», – deya Raysning so‘zlarini keltiradi Express.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/