Indzagi: «Myuller har doim jamoalarimga muammo tug‘diradi»

«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi «Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller haqida gapirdi.

Yaqinda 35 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach Myunxen klubini tark etishi ma’lum bo‘ldi.

«Myuller – chempion. U ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan va erishgan hamma sovrinlari mashaqqatli mehnat ortidan kelgan.

Men uni juda hurmat qilaman. Bu mening u bilan beshinchi marta to‘qnash kelishim – u har doim jamoalarimga muammo tug‘diradi. O‘zgacha futbolchi», – dedi Simone Indzagi o‘yinoldi matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter