Bernardu Silva: «Uembli»da bo‘lish – har doim yoqimli»
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoaning Angliya kubogi finaliga chiqishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Uembli» – bu o‘ziga xos narsa, u yerda bo‘lish har doim yoqimli. So‘nggi ikki yil ichida biz ikki marta «Manchester Yunayted»ga qarshi finalda o‘ynadik, bir marta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik, o‘tgan mavsumda mag‘lub bo‘ldik. Biz yana o‘sha yerda bo‘lishni, chempionlik uchun kurashishni istaymiz. Bu oson emas, chunki yarim finalda «Nottingem Forest» bilan o‘ynaymiz. Ular ajoyib mavsum o‘tkazishmoqda,» – deya Silvaning so‘zlarini keltiradi Mirror Football.
Angliya kubogining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Nottingem Forest» – «Manchester Siti» uchrashuvi 26 aprel kuniga belgilangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/