Liga 1. «Lill» «Lans»dan ustun keldi

«Lill» o‘z maydonida Fransiya chempionatining 27-turida «Lans»ni mag‘lub etdi – 1:0.

Yagona gol 19-daqiqada mezbonlar hujumchisi Matias Fernandes tomonidan kiritildi.

«Lill» (47) Liga 1da beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Lans» (39) turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter