Angliya kubogi. Reshford 5 daqiqada 2 ta gol urgan o‘yinda «Aston Villa» «Preston»ga imkoniyat qoldirmadi
«Aston Villa» safarda Angliya kubogi chorak finalida «Preston«ni mag‘lub etdi – 3:0.
Birmingemliklar safida Markus Reshford dublga erishdi. 27 yoshli forvard 58-daqiqada o‘yindan gol urib, oradan 5 daqiqa o‘tib penaltidan unumli foydalandi. Yana bir golni 71-daqiqada Jeykob Remsi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
«Aston Villa» Angliya kubogi yarim finalchilari orasida «Kristal Pelas» va «Nottingem Forest» safiga qo‘shildi. Yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi «Bornmut» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/