«Aston Villa» Reshfordning maoshining katta qismini o‘z bo‘yniga oladi

Aftidan, hujumchi Markus Reshford qishki transfer oynasi yopilgunga qadar «Manchester Yunayted»ni tark etadi.

«The Athletic» nashrining nufuzli jurnalisti Devid Ornshteynning yozishicha, 27 yoshli Reshford «Aston Villa»ga o‘tishga yaqin. Ehtimol, klublar sotib olish sharti bilan ijara bo‘yicha kelishib olishi mumkin. «Aston Villa» Reshfordning maoshi va bonuslarining muhim qismini o‘z zimmasiga olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval forvard Jon Duran «Aston Villa»dan «An-Nasr»ga o‘tgandi. Matbuot transfer summasi 77 million yevro haqida yozdi, bu esa Birmingem klubida uning o‘rniga o‘rinbosar uchun pul sarflash imkoniyati borligini anglatadi.

Angliyada transfer oynasi 3 fevral kuni kech yopiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter