A Seriya. «Yuventus» Tudorning debyut o‘yinida «Jenoa»ni mag‘lub etdi

Italiya A Seriyasining 30-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Jenoa»ni mag‘lub etdi – 1:0.

Yagona gol 25-daqiqada Kenan Yildiz tomonidan kiritildi.

Turinliklar Igor Tudor qo‘l ostida dastlabki o‘yinni o‘tkazishdi. 46 yoshli xorvatiyalik mutaxassis Tyago Motta iste’foga chiqarilgach, jamoani qabul qilib olgandi.

«Yuventus» (55) A Seriyada beshinchi o‘rinda bormoqda. «Jenoa» (35) turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter