«Arsenal» «Yuventus»ning 18 yoshli futbolchisini nishonga oldi
Turinning 18 yoshli «Yuventus» klubi hujumchisi Kenan Yildiz Londonning «Arsenal» jamoasining nishoniga aylangan.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, «kanonirlar» vakillari yosh futbolchining transferi borasida «keksa sinyora» bilan bog‘lanishgan. Ingliz klubi rahbariyati hujumchi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq bu miqdor turinlik grandni hayratda qoldirdi. Italiya tomoni uning iqtidorini kamida 80 millionga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kenan barcha turnirlarda 24 ta jangda qatnashgan. Yildizda beshta gol va bitta golli uzatma bor. Uning «Yuventus» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/