Turkiya Superligasi. «Beshiktosh» «Galatasaroy»ni taslim qildi

Turkiya chempionatining 29-turida «Beshiktosh» o‘z maydonida «Galatasaroy»ni mag‘lub etdi – 2:1.

Rafa Silva (23-daqiqa) va Jedson Fernandesh (66-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Mehmonlarning yagona goliga 45-daqiqada Lukas Torreyra mualliflik qildi.

Ikkala jamoa ham o‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunladi – 36-daqiqada «Galatasaroy» forvardi Pshemislav Frankovski qizil kartochka oldi, o‘yin oxirida mezbonlar hujumchisi Semih Kiliksa maydondan chetlatildi.

«Galatasaroy» (71) «Fenerbahche»ni 6 ochkoga ortda qoldirib, Turkiya chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda, ammo raqibda bitta zaxira o‘yini bor. «Beshiktosh» (47) turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter