Usik: «Yana mutlaq chempion bo‘lishga harakat qilmoqchiman»
Ukrainalik bokschi, WBA, WBO, WBC, IBO versiyalari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik (23-0; 14 KO) uni sportda shuncha vaqt qolishga nima undayotganini aytdi.
«Ukrainani jahon sport arenasida namoyon etish, urush haqidagi haqiqatni yoyish, armiyamiz va fuqarolarimizga moliyaviy yordam ko‘rsatish ham professional boksda yana bir oz qolishim uchun kuchli turtki bo‘ldi. Men o‘zimni ajoyib his qilyapman, har qanday raqibga tayyorman va yana og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lishga urinib ko‘rmoqchiman», – dedi Aleksandr Yahoo! Sports bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/