«Barselona» braziliyalik himoyachi bilan qanotni kuchaytirmoqchi

«Monako«ning o‘ng qanot himoyachisi Vanderson «Barselona«ga o‘tishi mumkin. 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasini braziliyalik futbolchining o‘sishini kuzatib kelayotgan «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku ilgari surmoqda. Jurnalist Xoakim Peraning yozishicha, Kataloniya grandi allaqachon Vandersonning yozgi transferi ustida ishlamoqda. Monegasklar «Barsa»ning qiziqishi haqida eshitishgan, futbolchining o‘zi esa transferga tayyor va bitim amalga oshishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Transfermarkt portali Vandersonning narxini 20 mln yevroga baholamoqda. Lateral joriy mavsum «Monako» safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter