Amorim «PSJ»ning 95 millionlik forvardi borasida bir qarorga keldi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transferlar vaqtida «PSJ» hujumchisi Randal Kolo Muanini sotib olishiga umid qilmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Parijliklar hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor. Hujumchining o‘zi ham APLda o‘ynashni istamoqda. “Qizil iblislar” fransiyalik futbolchi uchun kurashda “Chelsi”, “Tottenxem” va “Arsenal” bilan raqobatlashishi mumkin.
Avvalroq Luis Enrike endi Randal Kolo Mauani bilan hisoblashmasligi ma’lum bo‘lgandi. Fransuz klubi boshliqlari ispaniyalikni qo‘llab-quvvatladilar.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/