«MYU» futbolchisi APL navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi

Manuel Ugarte Premyer-liga mavsumidagi beshinchi sariq kartochkasini oldi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi APLning 18-turi doirasida «Vulverxempton»ga (0:2) qarshi o‘yinning 54-daqiqasida vaqtni cho‘zgani uchun jazolandi.

Bundan bir necha daqiqa oldin, o‘yinning 47-daqiqasida Brunu Fernandesh ikkinchi sariq kartochka oldi va «Yunayted» o‘n kishi bo‘lib qolgandi.

Ugarte kartalar to‘planib qolgani uchun Premyer-liganing navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 30 dekabr kuni mankunianliklar «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter