«PSJ» futbolchisi «MYU»ning asosiy maqsadiga aylandi
«Manchester Yunayted» «PSJ» yarim himoyachisi Manuel Ugarteni sotib olishga jiddiy kirishmoqda.
«Qizil iblislar» Kazemiro o‘rniga ishonchli tayanch yarim himoyachi qidirmoqda. Footmercato xabariga ko‘ra, Ugarte mankunianliklar uchun ustuvor nomzod. «Yunayted» yana «Everton» futbolchisi Amadu Onanaga qiziqish bildirmoqda, biroq urugvaylik futbolchi hozirda afzal ko‘rilmoqda.
Transfermarkt ekspertlari 23 yoshli Ugartening narxini 45 million yevroga, 22 yoshli Onana esa 50 millionga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/