Neymar: «Saudiya Arabistonida juda baxtliman»

Neymar Saudiya Arabistonida bo‘lishdan mamnun ekanligini aytdi. Braziliyalik futbolchi 2023 yilda «PSJ»dan «Al-Hilol»ga o‘tgan edi.

«Men «PSJ»dan ketishga qaror qildim. «Al-Hilol»ga o‘tish taklifini oldim. Bu taklifni fransuz klubidan ketganimdan so‘ng oldim, chunki «PSJ»da baxtli emasdim. Klub va murabbiy mendan boshqa foydalanishni istamadi. Buni menga aytishdi, shuning uchun qaror qabul qilishim kerak edi.

«Al-Hilol»ning taklifi esa menga yoqdi. Klub, mahalliy madaniyat va chempionat bilan tanishdim. Muxlislarning kutib olishi va mehribonligi meni hayratda qoldirdi. Jamoamiz kabi chempionat ham o‘sib bormoqda. Mening oilam va biz to‘g‘ri qaror qilganimizga aminmiz.

Bu yerga kelishni xohlagan barcha futbolchilar chempionatning saviyasi yoki juda ijobiy jihatlaridan hayratda qolishadi», – dedi Neymar.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter