Baroni: «Menga jamoaning ritmi, sifati, maydondagi individualligi yoqdi»

Italiya futbolida Italiya kubogining 1/8 finali doirasidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “Lasio” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa neapolliklar Italiya kubogini tark etishdi va endi bor e’tiborlarini faqat chempionlikka qaratishlari mumkin.

Rimliklar ustozi Marko Baroni o‘yin haqida gapirdi.

«Biz “Napoli”ni mag‘lub etmoqchi edik, bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik va o‘z oldimizga shunday maqsad qo‘ygan edik.

Menga jamoaning o‘yinlari yoqdi – menga ritm, sifat, maydondagi individuallik yoqdi”, — deya Baronining so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter