Sarri: «Bizni qiyin ahvolga solib qo‘ygani uchun A Seriyaga minnatdorchilik bildiramiz»
Rimning «Lasio» klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya A Seriyasi rahbariyatini o‘z jamoasiga nisbatan noxolislikda aybladi. Mutaxassis «byankochelestlar» o‘ynashi kerak bo‘lgan jadvaldan g‘azabda.
«Bizni qiyin ahvolga solib qo‘ygani uchun A Seriyaga minnatdorchilik bildiramiz. «Bavariya» bilan o‘yindan keyin mahalliy vaqt bilan 12:30da o‘ynashga majburmiz», – dedi italiyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, hafta o‘rtalarida «Lasio» o‘z maydonida «Bavariya»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ayni damda Sarri shogirdlari Italiya chempionati doirasidagi «Bolonya»ga qarshi bahslashmoqda bormoqda. «Lasio» bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa, A Seriyada oltinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/