Pedri: «Hozir mashg‘ulotlar boshqacha»

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri «Brest» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng Xansi Flik haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir mashg‘ulotlar boshqacha. Avval mashg‘ulotlar qattiq bo‘lmagan, demoqchi emasman. Yana OAVdagilar men Xavi bilan shug‘ullanmaganmiz deb aytganim haqida yozishdi. Bu yolg‘on!

Biz shunchaki boshqacha usulda ishlardik va hozirgi usul avvalgisidan farq qiladi va shaxsan menga ko‘proq mos keladi.

Menga rezinalar va boshqa turli narsalar yordamida mashq qilishning bu usuli yoqadi va bu shaxsan men uchun juda yaxshi ishlaydi.

Yamal? Laminning shoshilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, eng yomoni — bu jarohatning qaytalanishi va men nima haqida gapirayotganimni bilaman», – dedi ispaniyalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter