Flik «Barselona» futbolchilariga mashg‘ulotlar haqida: «Bu faqat boshlanishi»

Xans-Diter Flik «Barselona» futbolchilarining jismoniy imkoniyatlaridan qoniqmayapti.

Kecha Flik «Real»ga qarshi o‘yindan so‘ng kiyim almashtirish xonasida o‘yinchilarning bosim uyushtirishidan ko‘ngli to‘lmaganini aytdi.

O‘yinchilar to‘qson daqiqa davomida doimiy bosimda ko‘proq tajovuzkor bo‘lishlari kerak. U Amerika safaridan hech qanday eyforiya istamaydi, aksincha, har bir o‘yinchi bilishi kerakki, bu faqat boshlanishi va kelajakda ko‘p narsa qilish kerak, deb yozdi «Marca» Flikning rejasi haqida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter