«Barselona» De Yong borasida bir qarorga keldi
Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong “Barselona” bilan yangi mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha haligacha kelishmagan, deb xabar beradi Relevo.
Manbaga ko‘ra, klub 27 yoshli futbolchi shartnomani imzolamasa, sotuvga qo‘yilishi mumkin degan pozisiyani egallagan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Frenki 2019 yildan beri Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/