«Barselona» Arauxo va de Yongni sotishga majbur bo‘lishi mumkin

«Barselona» rahbariyati markaziy himoyachi Ronald Arauxo va hujumkor yarim himoyachi Frenki de Yong hali ham klubdagi kelajagi borasida bir qarorga kelmaganidan xavotirda. Bu haqda «Mundo Deportivo» xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ispan grandi bu futbolchilar shartnomani uzaytirish niyatida ekaniga haligacha javob ololmagan. Ta’kidlanishicha, «blaugrana» Arauxo va de Yong agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo hozircha hech qanday taraqqiyot yo‘q.

Agar futbolchilar kelasi yozgacha mehnat shartnomalarini uzaytirmasa, «Barselona» ularni sotish variantlarini ko‘rib chiqa boshlaydi. De Yong va Arauxoning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter