Otabek Xolmatov: «Chempionlar, tez orada sizlar bilan uchrashaman»
Yarim yengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq da’vogar Otabek Xolmatov Instagram sahifasi orqali ayni paytdagi holati haqida ma’lumot berdi.
U aprel oyida tizzasidagi jarohatini operasiya qildirgan edi.
«Tiklanishim juda yaxshi kechdi! Tizzam allaqachon 90 foizga yaxshilandi, yana 2 haftadan so‘ng men qaytishga tayyorgarlikni boshlayman! Ringga chiqishimni sabrsizlik bilan kutyapman, men sog‘lomman! In Sha Alloh, tez orada sizlar bilan ko‘rishaman, Chempionlar», deb yozdi Xolmatov.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Xolmatov mart oyida WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi jang qilib, alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. U ayni paytda tashkilot reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/