Gvardiola «Manchester Siti» futbolchilari Rodridek jarohat olishdan qo‘rqadimi, degan savolga javob berdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Rodrining yaqinda olgan jarohati jamoa futbolchilarida qo‘rquv uyg‘otmaganini aytdi.
Ispaniyalik yarim himoyachi 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, «shaharliklar» yetakchisi bu mavsumda boshqa o‘ynay olmaydi – unga xoch bog‘lami yorilishi tashxisi qo‘yilgan.
«Futbolchilarimiz bunday jarohat olishdan qo‘rqishyaptimi? Ular bu haqda o‘ylamaydilar. Nima sodir bo‘ladi. Xavotirlanishga hojat yo‘q, faqat tanangizni yaxshi tayyorlang. O‘yinchi yomon tayyorlansa, xavf ortadi. Futbolchilarimiz bunday vaziyatlarga ruhiy jihatdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan», – dedi Gvardiola shanba kungi «Fulxem»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/