«Manchester Siti» yana yangi transferlarni amalga oshiradimi? Gvardiola javob berdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi transferlar haqidagi savolga javob berdi.

«Saviodan keyin yana shartnoma imzolanadimi? Hozirda yo‘q. Agar kimdir yaqin kelajakda bizni tark etsa, ehtimol imzolanar. Ammo bu amalga oshmasa, biz hozirgi tarkibimizda qolamiz», – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. O‘tgan mavsumda uning qo‘l ostida jamoa yana bir bor Angliya chempioniga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter