Dvalishvili: «Sexudoni xuddi chaqaloq kabi qo‘limda ko‘tarib olganman»
UFC chempioni Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov bilan jang haqida gapirdi.
«Men Petr Yanni mag‘lub etganman, Genri Sexudoni xuddi chaqaloq kabi qo‘limda ko‘tarib olganman, Shon O’Mellidan ham ustun kelganman.
Agar UFC navbatdagi jangim uchun Umar Nurmagomedovni qarshimga qo‘ysa, men uni shunchaki taslim etaman. Uni ham avvalgilarning qismati kutmoqda», – deb yozdi Merab Dvalishvili.
Avvalroq Merab Dvalishvili Shon O’Melli bilan revansh jangiga tayyor ekanligini aytgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/