Manba: Mbappe «Real»ga o‘tdi

Hujumchi Kilian Mbappe «Real» futbolchisiga aylandi. Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda buni e’lon qildi, unda u kelishuv yopilganini aytdi. Mbappe allaqachon Madrid grandi bilan shartnoma imzolagan.

«Los Blankos» kelasi hafta yulduzli fransuzning transferini e’lon qiladi. Mbappe so‘nggi yetti mavsumni «PSJ»da o‘tkazdi. Hujumchi yaqinda yozda klubni tark etish qarorini ma’lum qilgandi.

Kilian Madridga erkin agent sifatida o‘tadi, chunki uning Parijdagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Endi «Real Madrid»ning rasmiy e’lonini kutishgina qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter