Skaloni: «Messi tez orada o‘ynay boshlaydi»

Lionel Messi terma jamoaning sentyabr oyidagi yig‘inini o‘tkazib yubordi.

Gap shundaki, u Amerika kubogi finalida olgan jarohatidan hali tuzalmagan. «Albiseleste» ustozi Lionel Skaloni Messining jamoaga qaytishiga ijobiy munosabatda.

«Umid qilamizki, Messi tez orada o‘ynay boshlaydi. Keyingi safar chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirishimiz kerak bo‘lganda, biz hamma bilan, jumladan Messi bilan bog‘lanamiz.

Bu taxminan ikki hafta ichida sodir bo‘ladi. Keyin Leo qanday shaklda ekanligini ko‘ramiz», dedi Skaloni jurnalistlarga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter