La Ligada eng qimmat chipta narxlari qaysi stadionga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi

Ispaniya klublarining eng qimmat chiptalari narxi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

«Marca» xabariga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi eng qimmat chiptalar «Real Madrid» uchun «Santyago Bernabeu»da bo‘lib, ularning narxi 75 dan 195 yevrogacha turadi. Ikkinchi o‘rinda «Montjuik»dagi o‘yinlari uchun chiptalarni 46-149 yevroga sotadigan «Barselona» joylashgan, deya ta’kidlaydi manba.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter