Levandovski La ligada qaysi ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi ekani ma’lum bo‘ldi
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumda u qadar muvaffaqiyatli o‘ynay olmayapti.
Polshalik futbolchi La liganing ushbu mavsumida 9 ta gol urdi va u to‘purarlar ro‘yxatida kuchli o‘nlikka kirmadi. Shunga qaramay, u Ispaniya chempionatida bir yo‘nalishida yetakchi bo‘lib turibdi.
U yuzaga keltirgan ehtimoliy golli vaziyatlar 12,68 ni tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Levandovski kamida 13 ta golga tortadigan vaziyat yaratib qo‘ydi, ammo hozircha 9 ta gol bilan cheklanmoqda.
Manba: football24.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/