Osimxenning shartnomasidagi mahsus band ma’lum bo‘ldi
Insayder Nikolo Skira «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxenning «Galatasaroy»ga ijaraga berilganidan keyin tovon puli tafsilotlarini oshkor qildi.
25 yoshli nigeriyalik futbolchini turk jamoasiga bir yillik tekin ijaraga olganini e’lon qilgach, neapolliklar futbolchi bilan shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirish variantini faollashtirishga kelishib olganliklarini e’lon qilishdi va uning tovon puli 75 million yevro.
Skiraning so‘zlariga ko‘ra, band faqat 2025 yilning iyul oyidan kuchga kiradi va faqat xorij klublariga (italiyaliklarga emas) tegishli bo‘ladi.
Ya’ni, italiyalik bo‘lmagan istalgan klub kelasi yili 75 million yevroga futbolchi sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/