Osimxenning qaysi ligaga o‘tmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Huquqlari «Napoli»ga tegishli bo‘lgan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor yo‘nalish haqida qaror qabul qildi, deb xabar beradi DeadlineDayLive.

Ma’lum bo‘lishicha, afrikalik hujumchiga «Manchester Yunayted», shuningdek, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda va u Angliya premyer-ligasiga o‘tmoqchi.

Osimxenning transfer narxi 120 million yevro. Futbolchining «Napoli» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter