Argentina terma jamoasi muxlislariga iltimos bilan chiqdi

Argentina terma jamoasi muxlislarni behayo qo‘shiqlardan tiyilishga chaqirdi.

Amaldagi jahon chempionlari 6 sentyabr kuni Chiliga qarshi JCH-2026 saralash o‘yinida muxlislardan FIFAning mumkin bo‘lgan sanksiyalariga yo‘l qo‘ymaslik uchun haqoratomuz yoki kamsituvchi shiorlar aytmaslikni so‘rab xabar tarqatdi.

«Agar haqoratomuz yoki kamsituvchi qo‘shiqlar eshitilsa, FIFA Argentinaning navbatdagi uy uchrashuvi uchun stadion sig‘imini kamaytirishga sanksiya qo‘yadi.

Kamsitmasdan qo‘llab-quvvatlash kerak, haqorat qilish yordam bermaydi», – deyiladi jamoa bayonotida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter