Dibala «Al-Qodisiya»ga nega rad javobini berdi?

Paulo Dibala nima uchun Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishdan bosh tortganini tushuntirdi.

Oldinroq argentinalik futbolchi «Al-Qodisiya»ning umumiy summasi 75 million yevro bo‘lgan 3 yillik shartnoma taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.

– Nega 75 million yevrodan bosh tortdingiz?

“Hamma faqat bunga qaraydi, lekin men qaror qabul qilishda boshqa ko‘plab omillarni hisobga oldim. Oilam, ayniqsa rafiqam, shahar, jamoa va terma jamoaga qaytish istagi ham menga tasir qildi: 30 yoshdaman, jarohatlarim tufayli ko‘p tanqidlarni eshitsam-da, o‘zimni yaxshi his qilyapman.

Men eng yaxshi formada bo‘lish uchun qattiq ishlashga va to‘g‘ri tiklanishga harakat qilaman. Ko‘p omillar bor edi, lekin hamma faqat pul haqida gapiradi: bunday miqdorlarni ko‘rganingizda, bu haqda o‘ylayotganingizni inkor eta olmayman. Ammo hamma narsani o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng, «Roma»da qolishga qaror qildim.

– Arablar va sizning agentingiz qanday munosabatda bo‘ldi?

«Agentim uchun hech narsa o‘zgarmadi, men u juda ko‘p pul olgani haqida ko‘p gaplarni eshitdim, ammo bu haqiqat emas. Uning uchun eng muhimi men baxtli bo‘lishim: u men juda hurmat qiladigan va uzoq vaqt birga ishlagan inson.

Gazetalarda yozilganlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Arablarga kelsak, bilmayman, ular bilan gaplashmaganman», – deydi “Roma”ning argentinalik yarim himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter