Slot Mamardashvili transferi haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot mersisaydliklar klubi yozgi transfer oynasida birorta ham yangi futbolchi sotib olmagani haqida fikr bildirdi.

«Men bu haqda tashvishlanmayman, men qo‘limdagi futbolchilarga to‘liq ishonaman. Bizda yaxshi tarkib bor. Mamardashvili? Shartnoma imzolanmaguncha hech narsa deya olmayman», – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Avvalroq matbuotda «Liverpul» Mamardashvilini 6 yilga sotib olib, «Valensiya»da ijaraga qoldirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter