«Barselona»da Kanseludan norozilar ko‘p
«Manchester Siti»ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselo «Barselona»dagi sobiq jamoadoshlarida yaxshi taassurot qoldirmagan.
Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «blaugrana»da ijara asosida o‘ynagan. Diario SPORT xabariga ko‘ra, jamoada ko‘pchilik futbolchining xatti-harakatidan norozi bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Kanselu asosiy tarkibga kiritilmaganida ko‘pchilikni mensimagan va yosh jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan.
Joau Kanselu mavsum oxirida «Manchester Siti»ga qaytdi. Himoyachining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/