Laviya: «Yana jarohat olishdan qo‘rqdim»
Kecha Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi va mamlakat chempioniga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘tgan yili «Sautgempton»dan katta pulga sotib olingan futbolchi Romeo Laviya bir yil ichida ilk bor «Chelsi» uchun maydonga tushdi.
U o‘yindagi voqealar va maydondagi ko‘rinishi haqida shunday dedi:
«O‘ylaymanki, uchrashuvda ijobiy tomonlar ko‘p bo‘ldi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biz narsalarga ijobiy qarashimiz va oldinga intilishimiz kerak.
O‘tgan mavsumdagi sabr va sa’y-harakatlari uchun klub va shifokorlardan minnatdorman. Mavsumoldi mashg‘ulotlari bugun menga yordam berdi, biroq yana jarohat olishdan biroz qo‘rqdim», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/