Nevill: «Orzular teatri» «Hech narsa teatri»ga aylandi»

Gari Nevill «Manchester Yunayted»ni «Nyukasl»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng tanqid qildi.

Mankunianliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Angliya liga kubogidan chiqib ketishdi.

“Kecha tunnelga ketayotganda Den Ashvortni uchratdim. U FA tuzilmasini o‘zgartirdi, «Brayton»ni ushbu ajoyib muvaffaqiyat davriga tayyorladi va endi «Nyukasl»ning yangi egalari uchun mustahkam poydevor qo‘ydi.

U yuqori malakali va nima qilayotganini biladi. O‘z murabbiyi, ishga qabul qilish jamoasi va boshqa bo‘limlar bilan izchil va xotirjam ishlaydi. O‘zining so‘nggi ikki o‘yinida «Manchester Yunayted» jamoani maydonda va undan tashqarida qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus futbol bo‘limlarini tashkil etgan ikkita klub bilan o‘ynadi.

«Yunayted» esa buning aksi. Bizda sport direktori yo‘q! Men tez-tez «Nyukasl» stadioniga borardim va ularning ajoyib muxlislari Mayk Eshli tufayli kuch-g‘ayrati va ishtiyoqi so‘nganida his qilardim. Tomosha qilish og‘riqli edi.

Kecha biz «Orzular teatri» hech narsa teatriga aylanganini ko‘rdik. «Yunayted»ning har bir muxlisi o‘zini zerikkan va qiziqishsiz his qildi. Maydonda futbolchilar shokda, o‘yin halokatli, murabbiy esa ko‘z o‘ngimizda iztirobda edi. Biz buni avval ham ko‘rganmiz, u qanday tugashini bilamiz va bizda yetarlicha vaqt bor”, — deb yozadi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter