Fernandesh «Sautgempton»ga o‘tadi

«Sporting» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh «Sautgempton»ga o‘tadi, deb xabar beradi Record.

Transfer narxi 15 million yevro + yana 3 million ehtimoliy bonuslar ko‘rinishida.

Futbolchining o‘zi qancha maosh olishi, shartnoma muddati qancha bo‘lishi yoki tibbiy ko‘riklar qachon o‘tishi ko‘rsatilmagan.

20 yoshli portugaliyalik futbolchi «sherlar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy tarkibda 38 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter