Fernandesh nima uchun 8-raqam ostida o‘ynashini bilasizmi?

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh nega 8-raqam ostida o‘ynashini tushuntirdi.

«Milliy jamoada men muxlislik qilgan futbolchi bor edi: Joau Moutinyo. Ayniqsa, yoshligimda uning o‘yin uslubi va aql-zakovati uchun uni kuzatardim. Portugaliya terma jamoasida o‘ynashni boshlaganimda, u bilan birga o‘ynash menga nasib etdi. Bu zavq, haqiqiy imtiyoz edi.

Men bu raqamni birinchi marta Joau diskvalifikasiya qilinganida olgandim. Sakkizinchi raqam unga tegishli ekanligini va agar hech kim so‘ramasa, uni kimgadir bergan bo‘lishini bilardim. Shundan so‘ng, men o‘zim sakkizinchi raqam ostida o‘ynay olishim uchun Joau faoliyatini yakunlashini kutdim», – dedi Fernandesh UYEFA matbuot xizmatiga.

Brunu Fernandesh Portugaliya terma jamoasi safida 69ta o‘yin o‘tkazib, 23ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter