«Marsel» chempionlik uchun «PSJ»ga raqobat qilmoqchi

“Marsel” bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi Fransiya chempionati boshlanishidan oldin o‘z maqsadi bilan bo‘lishdi.

Shanba kuni provansliklar Liga 1 1-turi doirasidagi safarda “Brest”ga qarshi maydonga tushishadi. Italiyalik mutaxassis uchun bu jamoa boshchiligidagi ilk rasmiy uchrashuvdir.

“Maqsadimiz «PSJ»ga raqobatchi bo‘lish. Boshqacha maqsadlar «Marsel»ga to‘g‘ri kelmaydi», – dedi 45 yoshli italiyalik mutaxassis.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter