«Manchester Yunayted» MakTominay uchun deyarli 30 million yevro talab qilmoqda – futbolchiga ikki klub qiziqish bildirmoqda

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Skott Maktominayni sotib olmoqchi bo‘lganlarga chegirma qilmoqchi emas.

Bir necha hafta oldin “Fulxem” 20 million funt (23 million yevro) taklif qilib, shotlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, ayni damda Italiyaning “Napoli” klubi 27 yoshli futbolchi uchun muzokaralar olib bormoqda. Jurnalist Pol Xirstning yozishicha, «Manchester Yunayted» yarim himoyachini joriy transfer oynasida sotmaslikka qaror qilgan, agar da’vogarlardan biri 25 million funt sterling (deyarli 30 million yevro) taklif qilmasa takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

Skott MakTomineyning shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi, ammo klub avtomatik ravishda bir tomonlama ravishda yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter