«Chelsi» bosh murabbiyi: «Hali ham jamoani yaxshi bilmayman»
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoasi tarkibini hali yetarlicha o‘rganmaganini tan oldi.
Yakshanba kuni londonliklar mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi. “Ko‘klar” o‘z maydonida “Inter”ni qabul qildi – uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
“Men hali ham jamoamni yaxshi bilmayman. Mavsum oldi tayyorgarlik juda qiyin va shiddatli kechdi, o‘yinlar turli shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Endi biz nihoyat oddiy haftani o‘tkazishimiz mumkin. Dushanba kuni bizda dam olish kuni bor, keyin esa «Manchester Siti» bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz», – deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/