“Men bu yurtda tug‘ilganimdan faxrlanaman” — Ulug‘bek Rashitov

O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov ketma-ket ikkinchi marta Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek finalda iordaniyalik Zaid Karimni mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng Rashitov o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“Hammaga assalomu alaykum, men O‘zbekistonda tug‘ulganimdan juda ham baxtliman va faxrlanaman. Barcha imkoniyatlarni yaratib bergani uchun hurmatli prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqchiman. G‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor edi. 

Xalqimizga ham ularning qo‘llab-quvvatlaganini his qilib turganimni aytmoqchiman. Barchangizni yaxshi ko‘raman. Ona, Ota siz mening borimsiz. Har bir soniyamda sizlarni his qilib turdim. Sizlarni juda ham yaxshi ko‘raman. Tez orada uyda bo‘laman”, — deydi Ulug‘bek. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter