Parij-2024. Polshaliklar hisobiga navbatdagi medallar!
Polshalik ikki karra jahon chempioni Aleksandra Miroslav sportcha qoyaga chiqish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tez ko‘tarilishda u kumush medalni qo‘lga kiritgan xitoylik raqibi Lijuan Dengdan 0,08 soniyaga tezroq bo‘ldi.
Bronza medali ham polshalik sportchi Aleksandra Kaluckaga nasib etdi. 5 avgust kuni bo‘lib o‘tgan saralash bahslarida Aleksandra Miroslav saralashdagi yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Miroslav bosib o‘tgan masofa muddati – 6.06.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/