«Yuventus» «Portu» yulduzi transferini kelishib olmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi «Portu» hujumchisining transferini 30 million yevrodan sal ko‘proqqa baholanmoqchi. Gap 26 yoshli braziliyalik Venderson Galeno haqida ketmoqda.

Jurnalist Janluka di Marsioning xabariga ko‘ra, «keksa senyora» vakillari bugun Galenoning agenti bilan uchrashib, shartnoma shartlarini muhokama qilishadi. Agar hammasi joyida ketsa, «Yuventus» faqat «Portu» rahbariyati bilan tovon puli borasida kelishib olishi qoladi.

So‘nggi Portugaliya chempionatida Galeno 31 o‘yinda 9 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter